«xizmat ko‘rsatish» tegli maqolalar


Buxoro viloyatida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni hisobotlarda orttirib ko‘rsatilgan — Senat
21 iyul 2022, 17:58

Buxoro viloyatida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni hisobotlarda orttirib ko‘rsatilgan — Senat

Senat Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘onada aholi bandligini ta’minlashga doir ishlarni tanqid qildi. Xususan, Buxoroda yaratilgan yangi ish o‘rinlari bir vaqtda boshqa sohada ham qayd etilib, hisobotda raqamlar orttirib ko‘rsatilgan. O‘tgan yilgi investloyiha ma’lumotlari esa joriy yilda qayta kiritilgan.

Pochta aloqasi sohasidagi qonunchilikka “posilka”, “pochta kuryeri” kabi tushunchalar kiritildi
10 iyun 2022, 18:32

Pochta aloqasi sohasidagi qonunchilikka “posilka”, “pochta kuryeri” kabi tushunchalar kiritildi

Prezident tomonidan “Pochta aloqasi to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Ushbu hujjat bilan qonunchilikka “posilka”, “pochta kuryeri” kabi tushunchalar kiritildi.

Toshkentda mehmonxona va do‘konlar tomida oshxonalar ochish bo‘yicha «Buxoro tajribasi» joriy etiladi
7 iyun 2022, 20:59

Toshkentda mehmonxona va do‘konlar tomida oshxonalar ochish bo‘yicha «Buxoro tajribasi» joriy etiladi

Buxoroda mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida, shuningdek, markaziy ko‘chalardagi davlat organlari binolarining birinchi qavatlarida restoran va kafeteriylar tashkil etilmoqda. Prezident mazkur tajribani butun respublika, jumladan, Toshkentda ham tatbiq etishni topshirdi.

Prezident Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasini ikki barobarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
19 yanvar 2022, 21:54

Prezident Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasini ikki barobarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasi bor-yo‘g‘i — 21 foizni tashkil qiladi, tizimda qariyb 400 ta avtobus yetishmaydi. Yo‘llar piyoda va velosipedda yurish uchun qulay emas, buning oqibatida YTHlar ko‘p sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidlandi prezident ishtirokidagi taqdimotda. Shavkat Mirziyoyev yangi avtobus hamda elektrobuslar xarid qilish va umuman, jamoat transportidan foydalanish darajasini hozirgidan 2 barobar oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda
12 avgust 2021, 16:39

Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda

Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yangi tadbirkorlik subyektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish, birinchi qavat va yerto‘lalarni ijaraga berish orqali amalga oshiriladi.

«Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim». Prezident xizmat ko‘rsatish sohasining 6 oylik natijalari haqida
4 avgust 2021, 02:59

«Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim». Prezident xizmat ko‘rsatish sohasining 6 oylik natijalari haqida

Prezident videoselektorda xizmat ko‘rsatish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshganini ma’lum qildi. «Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim», — dedi u. Navoiy, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Qoraqalpog‘istonda soha rivoji o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past darajada ekanligi tanqid qilindi.

Toshkent hokimi bo‘sh turgan binolar egalariga penya joriy etish taklifini bildirdi
15 may 2021, 23:47

Toshkent hokimi bo‘sh turgan binolar egalariga penya joriy etish taklifini bildirdi

Toshkentda o‘tkaziladigan tajriba doirasida bo‘sh turgan binolarning egalariga penya joriy etish rejalashtirilmoqda. Gap olti oy mobaynida mol-mulkdan foydalanilmagan yoki ijaraga berilmagan taqdirda penya hisoblash haqida ketmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar kredit olganidan ko‘ra, ijaraga bino olib, o‘z faoliyatlarini boshlagani ma’qul deb hisoblaydi.

«Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini 24 soat ishlashiga ruxsat berish kerak» — prezident
23 aprel 2021, 11:33

«Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini 24 soat ishlashiga ruxsat berish kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev hududlar markazlarida savdo va xizmatlar uchun maxsus ko‘chalar tashkil etilishini ma’lum qildi. Mustaqillik bayramiga qadar viloyat va shahar markazlarida 3−4 ta, Toshkentda 10 ta ko‘chalar shunday markazlarga aylantiriladi. Ularning 24 soat ishlashiga ruxsat beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting